Lo'lilar mahallasidan reportaj
Блог им. Nurjahon
Qorachadan kelgan, tojikchanamo so'zlashadigan, qiziqqon xalq — lo'lilar haqida anchadan buyon maqola qilishni o'ylab yurgandik. Ammo… har safar qo'rquv ustun kelardi. Chunki xalq orasida «lo'lilar marhumni uyiga ko'marmish, hamma uyda qabr bormish. „Charxpalak“ serialiga ham lo'lilar uyini izlab, marhum ko'milmagan xonadonni arang topishganmish» degan mish-mishlar yuradi. Yana deng, ularning ko'zi qattiq, bitta qarashda gipnoz qilib qo'yadi, deyishadi. Bironta lo'lining uyiga kirsagu, savollarimiz malol kelib… u yerdan qaytib chiqmasak nima bo'ladi, degan o'ydan yuragim gupirlab urib ketdi. Shu bois lo'lilar bilan qilinadigan suhbat qolgandan qolib kelayotgandi. Qishdan beri!
Bir kuni tahririyatga kelsak, yaxshi xabar yuribdi. Kimda-kim gazeta tili bilan aytganda «portlaydigan» maqola qilsa, katta miqdorda mukofot berilarmish… Uh!!! Hech kim joyida o'tirolmay qoldi. Ko'p eshitamiz, chet el jurnalistlari sensatsion maqola qilsa gonorari katta bo'ladi, shu bois tinim bilmay ishlaydi. Demak… biz tomonlarda ham quyosh chiqarkan-da!